13:05 / 28.02.2018
30506

Moskva oblastida bir insonni o‘limdan qutqargan O‘zbekiston fuqarosiga mukofot topshirildi

Foto: FVV

Joriy yilning 31 yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida yuz bergan yong‘inda Samarqand viloyati Pastarg‘om tumani, Chorvador qishlog‘ida tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov uyni yonayotganligini ko‘rib, darhol u yerda qolib ketgan qariyani qutqarishga shoshildi va natijada og‘ir kuydi, deb xabar bergan FVV axborot xizmati.

Yong‘in vaqtida jasorat va fidokorlik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.Qirg‘izov Rossiya Federatsiyasi Yong‘inga qarshi kurashish ko‘ngilllilar jamiyatining «Knyaz Aleksandr Lvov» nomli medali hamda Pushkino shahar okrugi boshlig‘idan diplom, shuningdek, Pushkin yong‘in-qutqaruv garnizoni boshlig‘i tomonidan minnatdorlik e'lon qilingan.

Foto: FVV

Mukofotlarni N.Qirg‘izovga Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash va hokimiyat xodimlari topshirdi.

Hozirgi vaqtda N.Qirg‘izovga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mavzuga oid
Top