12:10 / 28.02.2018
25823

Turkmanistondagi yangi aeroport Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: tdh.gov.tm

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov seshanba, 26 fevral kuni Lebap viloyati ma'muriy markazi – Turkmanobodda xalqaro aeroportning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bergan ushbu davlat rahbari matbuot xizmati.

Aeroportning ochilish marosimida Ginnessning rekordlar Kitobi vakili Sheyda Subashi-Gemiji qatnashdi, u «Türkmenhowaýollary» xizmati raisi Davron Saburovga Ginness rekordlar kitobining «terminali havodan Og‘uz Xon yulduzi shakliga ega bo‘lgan aeroport binosining noyob arxitektura yechimi» uchun sertifikatni topshirdi. 

Aeroport obektlari 600 gektardan ortiq maydonda joylashgan, yo‘lovchi terminali binolari – 37 ming kvadrat metr. Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi – 3800 metr, kengligi – 60 metr. O‘tkazish imkoniyati – soatiga 500 yo‘lovchi.

Foto: hronikatm.com

Majmua tizimlarini baholash bo‘yicha ekspertlarga Myunxen xalqaro aeroporti mutaxassislari aylandi.

Top