14:40 / 28.02.2018
24302

O‘zbekistonda yana bir noyob kitob chop etildi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Yurtimizda Haftiyaki sharif chop qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu ish birinchi bor amalga oshirildi. Bunga sabab sifatida O‘zbekistonda "Haftiyak"ning faqat Qozon nusxasidan foydalanilgan. Aksar holda Qur'ondan savod aynan Haftiyaki sharifda chiqarilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent bosmasining eng asosiy xususiyati, unda tajvid qoidalari ham berilgan. Qoidalar kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida tushuntirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, sifati ham Madina bosmanikidan qolishmasligi aytib o‘tilmoqda.

Mavzuga oid
Top