20:40 / 01.03.2018
18887
Bektemir Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik bilan g‘alaba qozondi

WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.

-81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoaga qarshi ringga chiqdi.

Jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va hakamlar bir ovozdan Bektemir Meliqo‘ziyevning g‘alabasi haqida e'lon qilishdi - 5:0.

Shu tariqa, «Uzbek Tigers» - «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi hisob 3:1 ko‘rinishini oldi va o‘zbekistonlik bokschilar muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

Endi, kechaning oxirgi jangida +91 kg vazn toifasi vakillari Bahodir Jalolov va Kristian Salsedo ringga ko‘tariladi.

Top