08:52 / 01.03.2018
11873

«Boylar ham yig‘laydi» serialidagi asosiy rol ijrochisi vafot etdi

Foto: EFE

Meksikalik aktyor Roxelio Gerra 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Meksika san'atkorlari Milliy assotsiatsiyasi feysbukdagi sahifasida xabar bergan.

«Teatr va kino, televideniye hamda dublyaj aktyori, u juda ko‘plab loyihalarda qatnashgan, jumladan «Boylar ham yig‘laydi», «Yomon qarindoshlar» va «Hayot mendan nimani olib ketdi», - deyiladi xabarda.

Aktyor «Boylar ham yig‘laydi» serialida asosiy rolni ijro etgan - Luis Albertoni.

Assotsiatsiya Gerra vafot etgani munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Top