08:27 / 01.03.2018
12941

Neymar qachon operatsiya qilinishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

«PSJ» forvardi Neymar shu hafta oxirida jarrohlik amaliyotidan o‘tkaziladi. Parij jamoasi va Braziliya termasi tibbiy shtabi shunday qarorga keldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Braziliyada 26 yoshli hujumchini milliy terma shifokori Rodrigo Lasmar operatsiya qiladi, unga «PSJ»dan mutaxassis Jyerar Selen yordam beradi. Futbolchi Fransiya chempionatining 27-turi doirasidagi «Marsel» bilan o‘yinda (3:0) jarohat olgandi.

Shu tariqa, Neymar, katta ehtimol bilan, YeChL 1/8 finali doirasida Madridning «Real»i bilan 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan javob bahsida qatnasha olmaydi. Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yin «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Top