09:00 / 01.03.2018
11655
Reklama

Royal, Akfa va Shivaki xalqaro Aqua Therm Tashkent 2018 ko‘rgazmasida qatnashishmoqda

28 fevraldan 2 martgacha Royal, Akfa va Shivaki xalqaro Aqua Therm Tashkent 2018 ko‘rgazmasida qatnashishmoqda. Yurtimizda 7-marta uyushtirilgan Aqua Therm Tashkent O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rgazmada qatnashuvchi milliy hamda chet el korxonalarining soni yildan-yilga oshib bormoqda. Oxirgi besh yil davomida Aqua Therm Tashkent da qatnashuvchi korxonalarning soni deyarli to‘rt martaga oshdi. Ko‘rgazmada Avstriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan korxonalar qatnashmoqda.

Foto: Aqua Therm Tashkent

Aqua Therm Tashkent ko‘rgazmasida eng zamonaviy asbob-uskunalarni ko‘zdan kechirish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarning vakillari bilan maslahatlashish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Aytib o‘tish boiski, oxirgi yillarda Aqua Therm Tashkent da qatnashuvchi milliy korxonalarning soni keskin oshib bormoqda. Hozirda ko‘rgazma qatnashchilarining 25 foizdan ortig‘ini milliy korxonalar tashkil etadi.

Foto: Aqua Therm Tashkent

O‘zbekiston Respublikasida turli xil sohalarda ishlab chiqarish jarayonlarini yangilash, samaradorligini oshirish hamda yangi texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha keng ishlar olib borilmoqda. Respublikamiz milliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlagani tufayli, sifatli, zamonaviy, har qanday raqobatga dosh bera oladigan va dunyo standartlariga butunlay mos mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Mahsuloti dunyo talablariga va standartlariga butunlay javob bera oladigan korxonalar hisobiga Royal, Akfa va Shivaki korxonalarini ham bemalol qo‘shish mumkin. Aqua Therm Tashkent ko‘rgazmasida Royal quyosh suv isitgichlari, Akfa radiatorlari hamda Shivaki sanoat konditsionerlari taqdim etilgan.

Foto: Aqua Therm Tashkent

Royal quyosh suv isitgichlari ko‘rgazma muxlislarida katta qiziqish tug‘dirishi kutilmoqda. Ushbu quyosh suv isitgichlari muqobil energiyada ishlaydi, va tabiiy energiya manbalarini tejamkorlik bilan ishlatishga ulkan hissa qo‘shadi. Royal quyosh suv isitgichlari Germaniya uskunalari yordamida eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan.

Foto: Aqua Therm Tashkent

Akfa korxonasi isitish radiatorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda turadi. Ushbu radiatorlar o‘ta chidamli bo‘lgani sababli uzoq yillar davomida xizmat qiladi. Akfa radiatorlarining issiqlik o‘tkazish darajasi o‘ta yuqori, ustki qismi esa maxsus zanglamaydigan qoplamaga ega. Akfa korxonasi alyuminiydan yasalgan radiatorlar hamda qo‘shmetall radiatorlarni ishlab chiqaradi.

Foto: Aqua Therm Tashkent

Ko‘rgazmada taqdim etilgan yana bir mahsulotlardan biri bu Shivaki sanoat konditsionerlaridir. Shivaki sanoat konditsionerlari ofis binolari, ko‘p qavatli hamda ko‘p xonali uylar, turli zavodlar va savdo-sotiq majmualari uchun mo‘ljallangan va hozirda butun O‘zbekiston bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p inshootlarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Ushbu sanoat konditsionerlarini ventilyatsiya tizimiga bemalol ulash mumkin.

Foto: Aqua Therm Tashkent

Aqua Therm Tashkent ko‘rgazmasida yuzdan ortiq chet el hamda milliy korxonalarning sovitish, isitish, konditsionerlash hamda muqobil energiyada ishlovchi uskunalari taqdim etilgan. Aqua Therm Tashkent ko‘rgazmasida qatnashish va eng zamonaviy, innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, ko‘zdan kechirish, hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlariga Sizni qiziqtiruvchi savollarni berish imkoniyati yilda atigi bir marta paydo bo‘ladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuring va o‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang.

Qo‘shimcha axborot uchun (71) 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki artelgroup.org saytiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Top