17:02 / 02.03.2018
19568

Armanistonda yangi prezident saylandi

Foto: Photolure

Armaniston milliy yig‘ilishi hukmron Respublika partiyasidan nomzod Armen Sarkisyanni mamlakat prezidenti etib sayladi. Bu haqda «Novosti-Armeniya» xabar bermoqda.

Sarkisyan uchun 90 nafar parlamentariy o‘z ovozini bergan bo‘lsa, qarshi – 10 nafar. Shu tariqa, Sarkisyan mamlakatning to‘rtinchi prezidenti sifatida saylandi.

Ta'kidlanishicha, prezident mamlakat boshqaruvning parlamentlik shakliga o‘tganidan so‘ng ilk marta deputatlar tomonidan saylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamentida birinchi marta prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top