00:35 / 02.03.2018
8117

Nokia “aqlli” kurtka taqdim qildi 

Foto: Engadget

Nokia kompaniyasi Barselonada o‘tayotgan Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida “aqlli” kurtka taqdim qildi. 

CHASE LifeTech FR deb nomlangan bu kurtka Janubiy Koreyaning kiyim-kechak brendi Kolon va Chexiyadan dasturiy ta'minot yaratish bilan shug‘ullanuvchi GINA bilan birgalikda yaratilgan. Nokia kurtkani xavfsizlikni ta'minlash va inson organizmidagi turli ko‘rsatkichlarni me'yorida ushlab turish uchun “birinchi yordam” gadjyeti sifatida taqdim qildi.

Kurtkaning yengi va yoqasida yurak qisqarishlari chastotasi, tana harorati, joylashgan o‘rin, harakat faolligini kuzatib boruvchi datchiklar joylashgan. Ma'lum qilinishicha, zarurat bo‘lganda ushbu datchiklarni sozlab, zarurlarini faollashtirish mumkin.

Kurtkada yig‘ilgan ma'lumot maxsus bazaga jo‘natiladi va u yerda real vaqt rejimida qayta ishlanadi. Agar biror chetlanishlar aniqlansa, kurtka bu haqda darhol bildiradi.

Ta'kidlanishicha, “aqlli” kurtka qurqaruv xizmati xodimlari, politsiyachilar va hayot uchun xatarli kasb vakillariga juda asqatadi. Kompaniya yaqin orada kurtkaning savdoga chiqariladigan versiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid
Top