10:04 / 03.03.2018
23597
Reklama

8 mart: qimmatbaho sovg‘ani shunchaki yutib olish mumkin!

UMS mobil operatori Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiyada ishtirok etib, sovrinlarni qo‘lga kiritishga taklif qiladi.

Xotin-qizlarning eng asosiy bayrami arafasida barchamiz odatda turli xil esda qolarli sovg‘alar tayyorlashga harakat qilamiz. UMS kompaniyasi minglab variantlarni o‘rganib chiqdi va bu masalada sizlarga yordam berishga shay.

Gullar, uy jihozlari, oshxona buyumlari, kiyim-kechak, taqinchoqlar… Nozik ta'b egalari qalblarini nimalar bilan xushnud etishga urinmaymiz-a! Oxirgi yillarda bu sovg‘alar qatoriga mobil gadjyetlar ham qo‘shildi.

Foto: UMS

Bu tasodif emas! Yuqori tezlik va texnologiyalar asrida zamonaviy xotin-qizlarimizning talab-istaklari ham o‘zgacha. Masalan, mashhur brendga tegishli, ajoyib dizaynga ega va sifatli suratga (shu jumladan selfiga) oladigan ixcham va zamonaviy smartfon ular uchun eng maqbul sovg‘a bo‘la oladi.

Buni yaxshi tushungan UMS mobil operatori 8 mart munosabati bilan yangi aksiya boshladi. Uning ishtirokchilari beshta Samsung Galaxy S8 yutib olishlari mumkin. Eng qizig‘i, sovrinlarning rangiga ham alohida e'tibor qaratdik. Kompaniya fikriga ko‘ra, chiroy, muvaffaqiyat va nufuzni anglatuvchi aynan tilla rangli smartfonlar xotin-qizlarga juda ham tushadi.

Xo‘sh, aksiyada ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Aktsiya shartlari juda oddiy va oson. Kompaniya abonenti 1 martdan 8 martgacha bo‘lgan muddatda bir martagina «Bayramona 888 MB» maxsus Internet-to‘plamini yoki katta hajmdagi bitta oylik Internet-to‘plamni (1000 MB dan 20000 MB gacha) yoqishi kerak. Ushbu shartni bajargan barcha abonentlar avtomatik tazrda o‘yin ishtirokchisiga aylanishadi. O‘yinda nafaqat xotin-qizlar, balki erkaklar ham albatta ishtirok etishi mumkin – ular smartfon yutib olishsa, sovg‘a sifatida taqdim etish imkoniga egalar.

Ko‘rib turganingizdek, aksiyada qimmatbaho sovrinlar o‘ynalmoqda, uning shartlari esa qulay. Axir Internet-to‘plamlar zamonaviy insonlar uchun kerakli mahsulot, aksiga bo‘yicha ularni xarid qilib, u yakunlagandan keyin ham ulardan foydalanish mumkin. E'tiborlisi shundaki, UMS Internet-to‘plamlarini Click to‘lovlar tizimi orqali boshqa abonentga sovg‘a qilish (raqamiga ulash) mumkin. Tasavvur qiling, onangiz yoki turmush o‘rtog‘ingizga megabaytlar sovg‘a qildingiz, u esa ming baravar qimmatroq turadigan smartfon yutib oldi!

Shu kunlarda kompaniya boshqa aksiya va o‘yinlarni o‘tkazayotgani e'tiborga loyiq. Masalan, Facebook, Instagram va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlaridagi UMS rasmiy sahifalariga obuna bo‘lgan foydalanuvchilar turli xil sovrinlar yutib olishlari mumkin. Ular qatorida – megabaytlar, Powerbank, fleshkalar va boshqa sovrinlar bor. Shuning uchun ham bu sovrinli o‘yinlarda ham omadingizni sinab ko‘ring!

Talablarga mos aloqa operatori. Bu shior ostida faoliyat olib boradigan UMS kompaniyasi uning asl mazmun-mohiyatini shu bahorda maksimal tarzda namoyon qiladi va abonentlarga kutilmagan syurprizlar ulashadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘yinlar va Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan aksiya – ularning faqat boshlanishi. Yangiliklar haqida kompaniya tez orada xabar beradi!

Reklama huquqi asosida

Top