18:39 / 03.03.2018
7536

YeIBning O‘zbekistondagi faoliyatiga oid bitim kuchga kirdi

Foto: Eunews

2018 yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi 2017 yil 13 oktabr kuni Vashington shahrida imzolangan YeIBning mamlakat hududida faoliyatiga oid hadli bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Hadli bitim YeIBning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarini vujudga keltiradi.

Ushbu hujjat mamlakatda yirik ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun YeIBning moliyaviy vositalaridan foydalanish imkonini beradi va O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid
Top