11:56 / 03.03.2018
8460

Xitoyda oilalarga uchinchi farzandga ega bo‘lish ruxsat berilishi mumkin

Foto: Shutterstock

Xitoyda qonun chiqaruvchilar oilalarga uchinchi farzandli bo‘lishga ruxsat berishlari mumkin. Ular Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishining joriy yil martida bo‘lib o‘tadigan har yillik sessiyasida tegishli masalani muhokama etadi.

Global Times’ning yozishicha, Guandun provinsiyasi vakili Chju Leyuy shunday taklif bilan chiqqan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy oilani rejalashtirish siyosati tufayli tug‘ilish darajasi past bo‘lgan davlatga aylanishi mumkin.

«Turli umidlar va «bir oila – bir farzand» siyosatini bekor qilish effekti o‘rtasida katta farq bor, bu aholi sonining keskin ko‘payishiga emas, balki tug‘ilish darajasining tushib ketishiga olib keldi», - deya aniqlik kiritgan Chju Leyuy.

Davlat statistik byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Xitoyda 17,23 mln bola tug‘ildi, bu 2016 yil bilan taqqoslaganda 630 mingga kam.

Mavzuga oid
Top