16:26 / 03.03.2018
28459

Toshkentda “Captiva” sotuvchisi fuqaroni 106 mln so‘mga chuv tushirib ketdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumanida 11 fevral kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 12 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumani Markaz ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.M. O‘rikzor ko‘chasida yashovchi A.S.ga tanishlari orqali avtosalondan “Captiva” rusumli avtomashina olib chiqib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 106.573.000 so‘m pulini olib,  bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.  

M.M.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Top