21:01 / 05.03.2018
18037

Azizjon G‘aniyev: «Nasaf»ga Xavi ham xalal bera olmasdi»

Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan «Nasaf» va «As-Sadd» jamoalariga qarshi uchrashuvdan (1:0) so‘ng yagona gol muallifi Azizjon G‘aniyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. O‘yinga ancha jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Shu sababdan ham g‘alabaga haqli edik.

Bugungi o‘yinga Xavi keladi deyishgandi. Muxlislar shuning hisobiga ham ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin bugun bizga Xavi ham xalal bera olmasdi.

«Nasaf» shu paytgacha OChLda Qatar klubini mag‘lub eta olmagandi? Mana g‘alaba qozondik. Yangi tarix yaratdik. Bugungi g‘alabaga xissa qo‘shganimdan xursandman», - deya gapirib o‘tdi G‘aniyev Sport telekanali jonli efirida.

Top