21:26 / 05.03.2018
10538

Buxoroda “giyohfurushlar”ning yana bir guruhi qo‘lga olindi  ​​​​​​​

G‘ijduvon tumanida yashovchi “Nusrat” ismli shaxsning G‘ijduvon tumani hududida ko‘p miqdorda “nasha” giyohvandlik moddasi sotib yurganligi to‘g‘risidagi ma'lumotga asosan, olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv harakatlari jarayonida mazkur fuqaro G‘ijduvon  shahri, “Dilkusho” MFY, A.G‘ijduvoniy ko‘chasi 40-uyda yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan Vosiyev Nusrat Ne'matovich ekanligi aniqlanib, shu kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan “nazorat tariqasida giyohvand moddalarini sotib olish” tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Nusrat Vosiyev nazorat tariqasida giyohvand moddasi sotib olish uchun yuborilgan shaxsga o‘zining tanishi bo‘lgan, G‘ijduvon tumani, “Gulistonobod” MFY, Rabotipoyon qishlog‘ida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan sudlanib jazo muddatini o‘tab chiqqan Qahorov Nabi Sharipovich bilan jinoiy til biriktirib, har bir quti “nasha” giyohvandlik moddasini 400.000 so‘mdan ekanligini aytib, 4 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan holdagi 15.91 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasini o‘tkazgan vaqtda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olinadi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, “giyohfurush”larga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash choralari ko‘rildi.

Top