08:46 / 05.03.2018
11951

Xitoy qurolli kuchlari 300 ming kishiga qisqartirildi

Foto: Damir Sagolj / Reuters

Xitoy hukumati Xitoy armiyasida xizmat qiluvchi harbiylar sonini 300 ming kishiga qisqartirish bo‘yicha choralarni yakunladi. Bu haqda 5 mart kuni Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini sessiyasida Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan ma'lum qildi. 

Xitoy qurolli kuchlari harbiylari soni bo‘yicha dunyoda eng yirigi bo‘lib qolmoqda. Xitoyda fuqarolik urushi yakunlangan va Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgan 1949 yil 1 oktabrda armiyada 5,5 mln faol harbiy xizmatchi bo‘lgan. So‘ngra bu qiymat sekin-asta qisqartirilib borilgan, biroq hududiy va ichki siyosiy inqirozlar vaqtida yana oshirilgan: 1951 yilda Koreya urushi vaqtida bu qiymat 6,27 mln ga, 1975 yil Madaniy inqilob vaqtida 6,1 mln askar va zobitlarga yetgan. 

Oxirgi yillargacha Xitoy qurolli kuchlari 2,3 mln harbiyga baholangan. 2015 yil oxirida mamlakat hukumati katta ko‘lamli harbiy islohotlar e'lon qilgan va hukumat armiyani 300 ming kishiga qisqartirmoqchi bo‘lgan.

Islohotlar, shuningdek, armiyaning tashkiliy-shtat strukturasini ham qamrab olgan va 2020 yilgacha yakunlanishi kerak.

Top