16:47 / 05.03.2018
17153

Messining akasi yana qamoqqa olindi

Foto: Offside Sports Photography

35 yoshli Matias Messi avtomobil haydovchisi bilan janjallashib qolgani uchun mahalliy politsiya tomonidan hibsga olindi. Jabrlanuvchining ishontirishicha, «Barselona» yulduzining akasi unga qurol bilan tahdid qilgan.

24 yoshli haydovchi Javer Rivera Matias Messi bilan yuzaga kelgan janjaldan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan. Ikki erkak ko‘chada avtomobillarining kichik to‘qnashuvi sababidan janjallashib ketishgan. Matias esa yonidagi to‘pponcha bilan Javerga so‘zini o‘tkazishga uringan.

«U nega meni yo‘limni kesib o‘tganini bilish uchun to‘xtagandim. Mashinadan tushishim bilan, u menga tahdid qila boshladi. Futbolkamni yirtib yubordi. Keyin mashinasiga qaytdi va qurolini olib menga o‘qtaldi», degan Rivera.

Voqea joyidan Matias qochishga ulgurgan, biroq ko‘p o‘tmay avariya sodir bo‘lgan Argentinadagi Vilya Xesel shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda u politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Daily Mail nashri bergan xabarda qayd etilishicha, harbiylar uning mashinasidan hech qanday o‘qotar qurol topa olishmagan. Ammo salondan narkotik modda topilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz,Matias Messining bu birinchi marta hibsga olinishi emas. 2017 yilning dekabrida u qayig‘ida chiqqan noqonuniy qurolni saqlaganlikda ayblanib politsiya tomonidan ushlangandi. O‘shanda uning advokatlari politsiyaning o‘zi qurolni Matiasning qayig‘iga tashlab qo‘yishganini aytib chiqish qilgandi.

Top