20:45 / 05.03.2018
15632

«Nasaf» OChLda yana g‘alaba qozondi

Foto: The-afc.com

Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvda «Nasaf» Qatarning «As-Sadd» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning asosiy qismida «Nasaf» ustunlik qildi. Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yaratgan jamoa gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi. Bobur Abduholiqovning goli esa ofsayd deb hisobga olinmadi.

Ikkinchi bo‘limda oldinga borishni to‘xtatmagan «Nasaf» 62-daqiqada penaltidan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abduholiqovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan jarima zarbasini Aziz G‘aniyev aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ushbu natija o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Natijada ketma-ket ikkita uy uchrshashuvida g‘alaba qozongan «Nasaf» 6 ochko to‘plab guruh yetakchilaridan biriga aylanib oldi.

OChL-2018
«S» guruhi, 3-tur

«Nasaf» (O‘zbekiston) – «As-Sadd» (Qatar) 1:0 (0:0) 
Gol: 
Azizjon G‘aniyev (62, penalti).
«Nasaf»: 35. Sanjar Quvvatov, 55. Slavko Lukich, 22. Igor Golban, 92. Umar Eshmurodov, 31. Saydullo Rahmatov, 7. Odiljon Hamrobekov, 6. Aziz G‘aniyev, 77. Jasur Hasanov (14. Sharof Muhitdinov, 87), 27. Islom Rashidxonov (21. Jahongir Aliyev, 90), 20. Islom Kenjaboyev (4. Maqsud Karimov, 79), 10. Bobir Abdixoliqov.
«As-Sadd»: 1. Saad Alshii, 2. Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 5. Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 12. Hamid Ismoil Xalifa, 14. Abdulkarim Hassan, 37. Ahmad Suhayil,  16. Bualem Kuxi (10. Hassan Al Haydos, 61), 20.Salim Ali al-Hajriy, 96. Akram Afif, 11.Bag‘dod Bunyodjah.
Ogohlantirishlar: Ahmad (19), Rahmatov (21),

Top