14:24 / 06.03.2018
5881

Yevrokomissiya AQSh mahsulotlariga boj joriy etmoqchi

Foto: ec.europa.eu

Yevrokomissiya AQShdan yetkazib beriluvchi qator mahsulotlarga 25 foizlik miqdorda boj joriy etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, YeKning bunday harakatlari AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etilishiga javoban ro‘y beradi.

Yevropa idorasi ro‘yxatidan quyidagi mahsulotlar o‘rin olgan: po‘lat, jinsilar, poyabzal, mototsikllar, guruch, burbon, apelsin sharbati.

Aniqlik kiritilishicha, YeK AQShda ishlab chiqariluvchi ushbu mahsulotlarga 2,8 mlrd yevrolik boj solmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh po‘lat va alyuminiy importiga boj joriy etayotgani xabar qilingandi.

 

Top