23:05 / 07.03.2018
6384
BMW, Daimler, Ford va VW elektr zapravkalar qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

BMW Group, Daimler AG, Volkswagen va Ford kompaniyalari konsorsiumi Yevropaning asosiy magistrallari bo‘ylab joylashtirish rejalashtirilayotgan, Ionity zaryadlash stansiyalari dizaynini taqdim qildi. Har bir majmua ochiq hududli oddiy konstruksiyalar bilan ajralib turadi.

Quvvatlash stansiyasining asosi vertikal ustunlarda o‘rnatiladigan yorug‘lanuvchi quti bo‘ladi. U qorong‘i vaqtda o‘ziga xos mayoq vazifasini bajaradi. 

Konsortsium rejasiga quvvati 350 kilovattlik 400 ta stansiya ochish kiradi. Ilk 20 ta majmua o‘tgan yil ishlay boshlagan, 2018 yil oxirigacha yana 100 ta majmua quriladi. Tarmoqni yoyishni 2020 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. 

Hozirda elektromobillar uchun quvvatlash majmualarining eng katta tarmog‘i Tesla’ga tegishli. Ularning umumiy soni 1130 tani tashkil qilib, ular hududida 8496 ta stansiya joylashgan.

Elektr modellar qatorini rivojlantirish Yevropa Ittifoqining karbonat angidrid chiqarilishini kamaytirish talabi bilan bog‘langan. 

 

Top