02:52 / 07.03.2018
13000
«Liverpul» keyingi bosqichga yo‘l oldi
Foto: Twitter/ChampionsLeague

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Liverpul" o‘z maydonida "Portu"ni qabul qildi. "Enfild"da kechgan o‘yin golsiz durang bilan yakunlandi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 5:0 hisobida "Liverpul" foydasiga hal bo‘lgan edi. Shu tariqa, "Liverpul" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Liverpul Angliya – Portu Portugaliya 0:0

Liverpul – Karius, Matip, Lovren, Gomes, Moreno, Lallana, Xenderson, Firmino (Ingz, 62), Djan (Klavan, 80), Mane (Salax, 74), Milner.
Portu – Kasilyas, Pereyra, Reyyes, Diogu Dalot, Felipe, Oliver Torres, Andre Andre (Serjiu Oliveyra, 62), Korona, Abubakar (Gonsalu Pasiyensiya, 80), Uoris (Rikardu Pereyra, 68), Brunu Koshta.
Ogohlantirishlar: Andre Andre (34), Xenderson (59), Diogu Dalot (90).

Top