01:05 / 07.03.2018
6119

Gretsiyalik taksichilar Uber’ga qarshi norozilik bildirishdi

Gretsiyalik taksichilar AQShning Uber taksi xizmatiga qarshi namoyishga chiqishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, mahalliy haydovchilar Uber faoliyatini mamlakatga “bostirib kirish” deb atashgan va mahalliy hukumatni Uber va mahalliy Beat taksi xizmatini qo‘llab-quvvatlashda ayblashgan. 

Foto: Reuters

Uber 2014 yildan beri bir nechta davlat hukumatlari bilan mojarolashib kelmoqda. Mahalliy taksichilar noroziligi va qonunchilik talablari sababli Uber Tailand, Braziliya, Vetnam va Ispaniyada taqiqlangan.

Uber’ning hukumatlar bilan tortishuvlariga uning haydovchilarida maxsus litsenziyalar yo‘qligi sabab bo‘ladi. Misol uchun, Isroilda Uber yo‘lovchilardan kira haqi olmay, qonunni chetlab o‘tgan: haydovchilar taksi xizmati uchun emas, balki mashina resurslari sarflanganiga pul olganlar.

Foto: instagram.com\ george_vits

 

Mavzuga oid
Top