16:20 / 07.03.2018
5218

Mahrez faoliyatini yakunlagani yolg‘on bo‘lib chiqdi. Uning sahifasi hakerlar hujumiga uchragan

«Lester» yarimhimoyachisi Riyoz Mahrezning feysbuk va tvitterdagi rasmiy sahifalari buzib kirilgan. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mahrezning feysbukdagi sahifasida u futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgandi. Ma'lum bo‘lishicha, akkaunt buzib kirilgan va u yerda yolg‘on xabar tarqatilgan. Mahrez yaqin o‘rtada futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida emas.

«Lester» ham Riyoz Mahrezning faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni inkor etib chiqdi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Lester» klubi Mahrezning «Feysbuk»dagi akkaunti hakerlar tomonidan buzilgani haqida bayonot bergan.

27 yoshli futbolchini yozda «Roma», «Chelsi» va «Barselona» jamoalari sotib olishni istagandi, yanvarda esa «Manchester Siti» bu taklif bilan chiqqan, ammo jamoalar «Lester» bilan transfer borasida kelisha olmagani ma'lum bo‘lgandi.

Top