16:52 / 07.03.2018
8784

«Navro‘z» bayrami munosabati bilan mehmonxonalarda 50 foizgacha chegirmalar e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu dam olish kunlarini mazmunli o‘tishini ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda barcha hududlarda 18-22 mart kunlari sayohatchi guruhlar sonidan kelib chiqib, mehmonxonalarda 50 foizgacha chegirmalar e'lon qildi.

Top