00:10 / 07.03.2018
19914

O‘zbekistonda MMA federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda aralash jang san'atlari (MMA) federatsiyasi rasman tashkil qilindi. Bu haqda sports.uz xabar bermoqda.

6 mart kuni Olimpiya shon-sharaf muzeyida yangi federatsiya tashkil etilganiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda federatsiya rahbari etib Sunnat Ilyasov tayinlangan. Xalqaro MMA federatsiyasi tomonidan rasmiy guvohnoma topshirilgan va a'zolikka qabul qilingan.

Mazkur tadbirda Xalqaro MMA federatsiyasi vakillari, yakkakurash sport turlari bo‘yicha jahon chempionlari va OAV xodimlari ishtirok etgan.

Top