15:42 / 08.03.2018
5823

BMT bosh kotibi ayollarga hokimiyatni berishga chaqirdi

Foto: Reuters

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga yo‘llagan tabrigi davomida gender tengligiga erishish uchun ayollarga hokimiyatni berish kerakligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar bermoqda.

«Biz erkaklar yetakchilik qilayotgan dunyoda yashamoqdamiz, uning madaniyatida ham erkaklar birinchi pozitsiyalarda. Bu hukumatlar, davlat organlari va xususiy sektor, BMT kabi xalqaro tashkilotlarga ham aloqador. Shu tariqa, gender tengligining asosiy masalasi – bu hokimiyat masalasi. Shuning uchun bizning eng asosiy vazifamiz – ayollarga hokimiyat va boshqaruvni berish», - deya aytib o‘tdi Guterrish.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, tashkilot katta rahbarlar guruhida paritetga erishgan, endi barcha mamlakatlarda BMT boshqaruvchilari darajasida shunga intilmoqda.

Top