02:55 / 08.03.2018
14253

YeChL. "Siti" o‘z maydonida "Bazel"ga yutqazib, keyingi bosqichga chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

Ilk o‘yinda 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan "Manchester Siti" o‘z maydonida "Bazel"ni qabul qildi. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi va unda 1:2 hisobida "Bazel" g‘alaba qozondi. 

8-daqiqada Jyezus hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, Elyunussi hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 71-daqiqadasi Lang gol urib, mehmonlarga g‘alaba keltirdi. Shunday bo‘lsa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Manchester Siti" keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Manchester Siti Angliya – Bazel Shveytsariya 1:2 

Gollar: 1:0 – 8 Gabriel Jyezus, 1:1 – 17 Elyunussi, 1:2 – 71 Lang.
Manchester Siti – Bravo, Laport, Danilo, Stounz, Zinchenko, Gyundogan (Braim Dias, 66), Ture, Sane, Foden (Adarabioyo, 89), Bernardu Silva, Gabriel Jyezus.
Bazel – Vatslik, Lang, Lakrua, Suxi, Riveros, Dzuffi, Fray, Byua (Shtoker, 68), Die, Elyunussi, Oberlen (van Volfsvinkel, 74).
Ogohlantirishlar: Lakrua (44), Gabriel Jyezus (77).

Top