18:20 / 09.03.2018
14084

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi joriy haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik to‘purar «PSJ» (2:1) darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining chorakfinalga chiqishida katta rol o‘ynagan edi. 

UYeFA saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Ronaldu 55% ovoz to‘plab, «Liverpul» yarimhimoyachisi Jyeyms Milner (25%), «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain (15%) va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Leroy Sanedan (4%) o‘zib ketdi.

Krishtianu joriy mavsumda 4-marta Chempionlar Ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Top