00:42 / 09.03.2018
6513

Yozef Blatter futboldan chetlatilishi qayta ko‘rib chiqilishini istamoqda

Foto: thenational.ae

FIFAning sobiq rahbari Yozef Blatter federatsiyaning axloq qo‘mitasidan uning futbol faoliyatidan chetlatilishi ishi qayta ko‘rib chiqilishini so‘ramoqchiligini aytdi.

“2,5 yil o‘tdi, biroq hech narsa o‘zgarmadi. Men chetlatish bekor qilinishi bo‘yicha axloq qo‘mitasining qarorini olmoqchiman. Men vaziyatni qanday o‘zgartirish mumkinligini tushunishga urinmoqdaman. Umid qilamanki, barchasi yaqin 3 oy ichida ayonlashadi”, deb aytgan Blatter. 

Blatter FIFAdagi korrupsiya mojarosi sababli 2015 yil 2 iyunda o‘z lavozimidan ketishini e'lon qilgan. FIFAning axloq qo‘mitasi 2015 yil 21 dekabrda Blatterni futbol faoliyatidan 8 yilga chetlatishga qaror qilgan. Blatter tashkilotga 1998 yildan 2015 yilgacha boshchilik qilgan. 

Top