21:20 / 09.03.2018
6652

Kongoda 2 milliondan ko‘proq bola ocharchilik sababli o‘lim yoqasida turibdi

Foto: Steve Weaver

Kongo Demokratik respublikasida 2 milliondan ko‘proq bola ocharchilikdan o‘lim yoqasida turibdi. Bu haqda BMTning gumanitar masalala bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Yyens Lerke ma'lum qildi. 

“Ayni vaqtda Kongoda 2 milliondan ko‘proq bola zarur yordamni olmasa, ocharchilikdan o‘lishi mumkin. Bu BMTning Kongodagi gumanitar ishchilari umumiy jamoasi tomondan berilgan bahodir”, dedb aytgan Lerke. Uning ma'lum qilishicha, 11 mart kuni BMTning gumanitar koordinatori Mark Loukok Kongoga safar uyushtiradi. U mamlakatda vaqtinchalik ko‘chirilgan odamlar bilan bog‘liq vaziyatni baholaydi.

Loukokning Kongoga safari 11-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Kongoda hammasi bo‘lib o‘z uyini 4,5 mln kishi tark etishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top