09:33 / 09.03.2018
23068

Saudiya Arabistonidagi festivalda yosh sher bolalarga hujum qildi (video) 

Foto: Sputnik / Georgiy Zimarev

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan bayram tadbiri vaqtida 6 oylik sher u bilan qafasda o‘ynashga ruxsat berilgan bolalarga hujum qildi.

Onlardan birida yirtqich hayvon nazorat ostidan chiqib, tajovuzkorlik namoyon qila boshlagan. U o‘z hududidan “o‘zgalar”ni haydab, bir qizchaga hamla qilgan. Qizchani sher hamlasidan yaqin atrofdagi katta yoshlilar qutqarib qolishgan.

Mahalliy nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sherning tirnoqlari olib tashlangani sababli u qizga jiddiy zarar yetkazmagan.

Jidda ma'muriyati festivalni tugatib, voqeani tergov qila boshlagan.

Mavzuga oid
Top