20:40 / 10.03.2018
8107

Ozarboyjon prezidenti lavozimiga nomzodlar soni 7 kishini tashkil qilmoqda

Foto: RIA Novosti / Vladimir Fedorenko

Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarida ishtirok etadigan yana 3 nomzodni rasman qayd qildi. Shu tariqa umumiy nomzodlar soni 7 nafarga yetdi.

Yangi nomzodlar quyidagilardan iborat: Milliy tiklanish partiyasidan Faraj Guliyev, “Zamonaviy Musavat” partiyasidan Hafiz Gajiyev va Milliy front tashabbuskor guruhidan Razi Nurullayev.

Ozarboyjon prezidenti saylovlari 11 aprelda bo‘lib o‘tadi. Avval amaldagi prezident Ilhom Aliyev, mustaqil nomzod Zohid Oruj, Ijtimoiy demokratiya partiyasidan Araz Alizoda va Yagona milliy front partiyasidan Gudrat Gasanguliyev nomzodlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Bir qator muxolif partiyalar, jumladan, “Milliy kengash”, “Milliy front partiyasi” va “Musavat” saylovlarni boykot qilishlarini ma'lum qilishgan. Saylovoldi kampaniyasi 19 mart kuni boshlanib, 10 aprelda yakunlanadi.

Mavzuga oid
Top