10:50 / 10.03.2018
14116

Putin Navalniy afv etilishi mumkin ekani haqida gapirdi

Foto: Mixail Voskresenskiy/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, muxolifat bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Men bu odamlar bilan hamkorlik qilishni xohlardim va buni qilishga tayyorman. Bu bizning davlatni kuchliroq, yanada raqobatbardosh, samarali, mustaqil qilish uchun kerak», - deya aytib o‘tdi Putin NBC’ga bergan intervyusida.

Putin muxolifatchi Aleksey Navalniyni, u prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi uchun sudlanganligini olish bo‘yicha afv etishga tayyorligi haqida berilgan savolga javob qaytarib, «istalgan odamni afv etish mumkinligi, faqat u bunga loyiq bo‘lishi kerakligi»ni aytdi. 

Top