12:30 / 10.03.2018
16664

Sirdaryoda 60 yoshli erkakni kaltaklab, uyiga o‘t qo‘yib ketishdi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 2018 yil 3 mart kuni Binokor mahallasi Guliston ko‘chasida yashagan, 1958 yilda tug‘ilgan V.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yong‘in oqibatida uyining shift qismi yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi V.S. boshidagi jarohatlari bilan behush holda topilib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xovos tumani Tinchlik MFY Bodomzor ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1965 yilda tug‘ilgan Q.Sh. va Yangiyer shahar Obod yurt MFY Navbahor ko‘chasi 6-uyda ro‘yxatda turuvchi, 1966 yilda tug‘ilgan O.B. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Top