01:37 / 11.03.2018
8054

APL. "Chelsi" autsayderni kichik farq bilan mag‘lub etdi

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya chempionati 30-turining navbatdagi o‘yini o‘tkazildi. 

"Chelsi" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Villian o‘yinning 25-daqiqasida mezbonlarning hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 32-daqiqada Kelli o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, farqni yana ham oshirdi. Mehmonlarning yagona javob goli o‘yinning so‘nggi daqiqalarida van Anxolt tomonidan kiritildi. 

 30-turdan so‘ng "Chelsi" 56 ochko bilan APLning 5-pog‘onasini band qilib turibdi. "Kristal Pelas" esa 27-ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. 

Chelsi – Kristal Pelas 2:1

Gollar: 1:0 – 25 Villian, 2:0 – 32, avtogol Kelli, 2:1 – 90 van Anxolt.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Dzappakosta, Fabregas (Pedro, 88), Kante, Alonso, Villian, Azar (Bakayoko, 88), Jiru (Morata, 72).
Kristal Pelas – Xennessi, Uan-Bissaka, Kelli, Tomkins, van Anxolt, Taunsend (Li Chun Yun, 81), Milivoyevich, Makartur, Shlupp (Ridevald, 75), Serlot, Benteke (Zaa, 46).
Ogohlantirishlar: van Anxolt (59), Tomkins (86), Morata (86).

Top