Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Chumolilarning iPhone atrofida “raqsga tushishi” foydalanuvchilarni o'ylantirib qo'ydi
09:10 / 11.03.2018
28539

Internet foydalanuvchilarini qo'ng'irog'i chalinayotgan iPhone atrofida chumolilarning bir yo'nalishda aylanib yurishlari videosi qiziqtirib qo'ydi. Videoda chumolilar avval smartfon atrofida betartib harakatlanayotganlari, smartfon qo'ng'iroqni qabul qilib yangrayotganda esa uning atrofida jo'r bo'lib, bir yo'nalish bo'yicha aylanayotganlarini ko'rish mumkin.

Ba`zi foydalanuvchilar chumolilarning bu antiqa xatti-harakatlariga telefonning vibratsiyasi ta`sir qilganini taxmin qilishgan bo'lsa, boshqalari hamma gap magnit nurlanishida ekanini aytishgan. Boshqa bir foydalanuvchilar chumolilarning videoda yangrayotgan musiqadan o'zgacha musiqaga qanday harakat qilishini bilishni istaganlar. Yana bir qism foydalanuvchilar esa umuman ushbu videoning haqiqiyligiga shubha bildirishgan.

 

Top