23:45 / 11.03.2018
13637

«Tottenhem» noxush an'anani buzdi

«Tottenhem Hotspur» Angliya premer-ligasining 30-turida «Bornmut» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Bornmutdagi «Vitaliti — Din Kort» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinda birinchi bo‘lib mezbonlar hisobni ochishdi. 7-daqiqada Junior Stanislas aniq harakat qildi. Londonliklar klubi 35-daqiqada Dele Allining goli bilan javob qaytarishdi. Ikkinchi bo‘limda «Bornmut» darvozasi Son Xin Min tomonidan ishg‘ol etildi. O‘yinning oxirgi daqiqalarida Serj Ore yakuniy hisobni o‘rnatdi - 4:1.

Qayd etish kerakki, joriy mavsumda «shporlar» birinchi bo‘lib gol o‘tkazgan o‘yinida g‘alaba qozona olmay kelayotgandi. Jamoa shu vaqtgacha 10ta o‘yinda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib, faqat 5 durangga erishgan, 5 marta mag‘lub bo‘lgan.

30 turdan keyin «Tottenhem» ochkolari sonini 61taga yetkazdi va Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda mustahkamlandi. «Bornmut» 33 ochkosi bilan 12-o‘rinda.

Angliya chempionati
30-tur

Bornmut – Tottenhem 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 7 Stanislas, 1:1 – 35 Alli, 1:2 – 62 Son Xin Min, 1:3 – 87 Son Xin Min, 1:4 – 90 Ore.
Bornmut – Begovich, Ake, Kuk, Deniels (Ayb, 67), Smit, Gosling, Kuk, Stanislas (Defo, 76), Frensis, Musse (King, 67), Uilson.
Tottenhem – Loris, Sanches, Rouz (Tripper, 81), Ore, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Dembele, Alli (Sissoko, 86), Son Xin Min, Keyn (Lamela, 34).
Ogohlantirishlar: Rouz (18), Gosling (61).

Mavzuga oid
Top