21:50 / 11.03.2018
7084

«Yuventus» g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa chiqdi va boshqa natijalar

Italiya chempionati 28-turi doirasida 6ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Yuventus» Turinda «Udineze»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Paulo Dibala 20 va 49-daqiqalarda urgan gollar jamoa g‘alabasini ta'minladi.

O‘yinning 38-daqiqasida Gonsalo Iguain penaltidan unumli foydalana olmadi.

Endilikda «Yuve» ochkolari sonini 71taga yetkazgan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. 69 ochkosi bor «Napoli» 28-tur uchrashuvini 12 mart kuni o‘tkazadi.

«Fiorentina» bu turda «Benevento» ustidan g‘alabaga erishdi. Florentsiyadagi «Artemio Franki» stadionida kechgan uchrashuvning 25-daqiqasida Vitor Ugo gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Fialki» jamoa sardori Davide Astorining o‘limidan keyingi ilk uchrashuvda g‘alaba qozondi — 31 yoshli futbolchi 4 mart kuni vafot etgandi.

Bu g‘alabadan keyin «Fiorentina» ochkolari sonini 38taga yetkazgan va turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilgan, «Benevento» 10 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda qolmoqda.

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Latsio» qo‘shimcha daqiqalarda «Kalyari»ga gol urib, durangga erishdi (2:2), «Krotone» «Sampdoriya»ni yirik hisobda taslim etdi (4:1), «Bolonya» o‘z maydonida «Atalanta»ga yutqazdi (0:1), SPAL safarda «Sassuolo»ni yenga olmadi (1:1).

Italiya chempionati
28-tur

Yuventus – Udineze 2:0 
(1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Dibala, 2:0 – 49 Dibala.
Yuventus – Shchensny, De Shilo, Rugani, Kellini, Asamoa, Xedira (Matyuidi, 63), Markizio, Sturaro, Duglas Kosta (Bentankur, 88), Iguain (Mandjukich, 74), Dibala.
Udineze – Bissarri, Nyuytink, Andjyella, Samir, Vidmer, Fofana, Bexrami (de Paul, 76), Barak (Balich, 70), Adnan, Yankto, Lopes (Peritsa, 61).
Ogohlantirishlar: Kellini (2), Andjyella (19), Peritsa (90).

Fiorentina – Benevento 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 25 Vitor Ugo.
Fiorentina – Sportello, Milenkovich (Lorini, 58), Vitor Ugo, Petstselya, Biragi, Benassi, Badel, Veretu, Saponara (Jil Diash, 57), Keza, Simeone (Falchinelli, 84).
Benevento – Pudjoni, Sanya, Gimsiti, Toshka, Venuti, Kataldi, Djurichich (Paridjini, 81), Lombardi (Diabate, 73), Gilerme, Brinola (Del Pinto, 46), Koda.
Ogohlantirishlar: Gilerme (49), Badel (54), Petstselya (62), Lombardi (72), Del Pinto (79).

Krotone – Sampdoriya 4:1 (3:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Trotta, 2:0 – 23 Stoyan, 3:0 – 36 Trotta, 3:1 – 69 Sapata, 4:1 – 85, avtogol Silvestre.
Krotone – Kordats, Chekkerini, Kapuano, Martella, Faraoni, Mandragora, Stoyan (Barberis, 63), Richchi (Sampirizi, 84), Benali, Nalini (Simi, 70), Trotta.
Sampdoriya – Viviano, Murru, Sala (Prat, 59), Silvestre, Ferrari, Torreyra (Kapetstsi, 55), Linetti, Ramires (Sapata, 31), Barreto, Kualyarella, Kaprari.
Ogohlantirishlar: Murru (41), Linetti (65), Martella (90).

Sassuolo – SPAL 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 27 Antenuchchi, 1:1 – 31, penalti El-Babakar.
Sassuolo – Konsili, Lirola, Goldaniga, Acherbi, Peluzo, Missiroli (Matri, 76), Manyanelli, Dankan (Matstsitelli, 64), Politano, El-Babakar, Raguza (Adjapong, 83).
SPAL –    Meret, Chonek, Vikari, Felipe, Ladzari, Grassi, Skyattarella (Biler, 90), Kurtich, Kosta (Drame, 81), Paloski (Flokkari, 70), Antenuchchi.
Ogohlantirishlar: Raguza (17), Peluzo (35), Chonek (38), Ladzari (57), Matstsitelli (88), Grassi (88).

Kalyari – Latsio 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 25 Pavoletti, 1:1 – 35, avtogol Cheppitelli, 2:1 – 74, penalti Barella, 2:2 – 90 Immobile.
Kalyari – Krano, Cheppitelli, Kastan, Miange, Romanya, Ionitse (Deyola, 67), Farago, Barella (Dessena, 90), Padoin, Xan Kvan Son (Farias, 81), Pavoletti.
Latsio – Strakosha, de Vrey (Nani, 76), Radu, Lukaku (Felipe Anderson, 65), Luis Felipe, Luis Alberto, Parolo (Milinkovich-Savich, 64), Leyva, Lulich, Basta, Immobile.
Ogohlantirishlar: Immobile (27), Lulich (45), Leyva (54), Ionitse (62), Deyola (85), Radu (87).

Bolonya – Atalanta 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 83 de Ron.
Bolonya – Mirante, Romanoli, De Meo, Xelander, Di Franchesko (Kraft, 60), Pulgar, Donsa, Masina, Djyemaili (Nad, 28), Verdi, Avenatti (Destro, 74).
Atalanta – Berisha, Toloi, Palomino, Masello, Kastan, de Ron, Froyler, Spinatstsola, Kristante (Barrou, 80), Petanya (Kornelius, 59), Gomes (Ilichich, 62).
Ogohlantirishlar: Avenatti (4), Romanoli (45), Pulgar (58).

Top