09:00 / 12.03.2018
9026
Reklama

Artel for Business’dan biznes yechimlar

Foto: Artel

Xodimlar samaradorligini oshirishning eng tezkor usullaridan biri ularni ishonchli maishiy texnika va elektronika bilan ta'minlashdir. Biroq ofis uchun texnika tanlash, sotib olish va o‘rnatish uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi mumkin. Artel for Business korporativ departamenti kompaniyalar va tashkilotlarga ofis maishiy texnikasini tanlash, yetkazib berish va o‘rnatish uchun yordam berishga tayyor.

Bugungi kunda Artel for Business mamlakatimizdagi 7000 dan ziyod kompaniyalar va tashkilotlar vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, ular orasida UMS, Ucell, RC Cola, Coca Cola, GM Uzbekistan, Nestle, Shaffof, Hydrolife Bottlers va boshqa kompaniyalar bor. Artel for Business korporativ departamenti turli xil faoliyat sohalari uchun tashkilotlarga maqbul bo‘lgan 4 ta tayyor biznes yechimni taklif etadi.

1-yechim «Maishiy texnika bilan jihozlash»

Artel for Business korporativ departamenti katta va kichik maishiy texnika hamda ofis uskunalari bilan tashkilot va kompaniyalarni ta'minlaydi. Ushbu yechimni xarid qilishda mijoz bevosita shaxsiy menejyerning xizmatidan foydalanadi va maslahatlarini oladi. shaxsiy menedjyer mijoz uchun qulay vaktda tashrif buyurishi, maishiy texnikani sotib olish bo‘yicha shartnomani rasmiylashtiriB berishi mumkin. Bu vaqtni tejaydi va ofisga kerakli texnikalarni qidirish vaqtini qisqartiradi.

Foto: Artel 

2-yechim «Korporativ kreditlar»

Artel for Business’dan ushbu yechim kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan ishchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Artel for Business xodimlari bank vakillari bilan birgalikda korporativ kredit olish to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazadi. Taqdimotdan so‘ng, kredit haqida barcha savollarni berish va shaxsiy maslahat olish mumkin.

Tashkilot xodimi ish joyini tark etmagan holda, eng kam hujjatlar to‘plamini taqdim etib dastlabki to‘lovsiz kredit shartnomasini tuzishi mumkin. Ushbu yechimni tanlash orqali, tashkilot va kompaniyalar rahbarlari o‘z jamoalariga yashash sharoitini yaxshilash va farovonlikni oshirish imkoniyatini yaratadilar.

Foto: Artel 

3-yechim «Korporativ sovg‘alar»

Ko‘pincha kompaniyalar korporativ tadbirlarni o‘tkazib, xodimlarni tabriklaydilar. Artel for Business korporativ departamenti bunday tadbirlarni utkazish jarayonini esdalik sovg‘alari bilan ta'minlashda yordam beradi:

- eng yaxshi sovg‘alarni tanlashda maslahat va yordam;

- mijoz xohishiga ko‘ra, tovarni bayramona tarzda o‘rashni tashkil etish;

- tulovni pul o‘tkazish yo‘li orkali amalga oshirish.

«Korporativ sovg‘alar» yechimini tanlash jamoani yanada samarali ishlashga rag‘batlantirishda muhim omil buladi.

4-yechim «Aktsiyalar va sovg‘ali sertifikatlar»

Yechim yakuniga ko‘ra g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriluvchi, turli reklama aksiyalari va lotereyalar tashkil etadigan kompaniyalarga mo‘ljallangan. Sovg‘alar topshirish jarayoni ham tashkilotchi, ham yetkazib beruvchi tomonidan nazorat qilinadi. Departament xodimlari sovg‘ani egasiga respublikaning istalgan nuqtasiga yetkazib berishda yordam ko‘rsatishadi va tashkilotchiga g‘olibga sovg‘a topshirilgani haqida fotohisobot taqdim etishadi.

Maishiy texnika va elektronika sovg‘alaridan tashqari, Artel for Business korporativ departamenti tashkilotlar tomonidan avvaldan sotib olinishi hamda xodimlarga topshirilishi mumkin bo‘lgan sovg‘ali sertifikatlarni taklif etadi.

Artel for Business ning har bir yechimda quyidagilar mujassam:

 - Artel, Artel Mobile, Samsung (mahalliy ishlab chiqarilgan), Royal, Shivaki brendlari tovarlarining keng assortimenti.

- ishonchli va sifatli mahsulotlar;

- narx siyosatining qulay tizimi;

- kafolat va servis xizmat ko‘rsatilishining taqdim etilishi.

Artel for Business korporativ departamenti mijozlar faoliyati sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, biznesni muvaffaqiyatli ilgari surish uchun real natijalar, hamda eng makbul yechimlarni taklif etadi va loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi. barcha biznes yechimlar  tavsiya etilgan xolatda qo‘llanishi  yoki mijozning xohish-istaklaridan kelib chikib butunlay boshqa yechimlarni yaratilishi mumkin.

Foto: Artel 

Aloqa uchun telefonlar: +998 99 821 77 55; +998 95 145 77 45

Facebook’dagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ArtelforBusiness/

Telegram’dagi onlayn menejyer: @artelforbusiness / +998 99 821 77 55

Artel for Business korporativ departamenti manzillari:

  1. Qoratosh MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi, 11A. Mo‘ljal: O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi.
  2. Rohat MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Bektemir tumani, Rohat aylanmasi.
  3. Sergeli MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi. Mo‘ljal: Sergeli avtobozori.
  4. Ipak yo‘li MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi. Mo‘ljal: «Sayohat» mehmonxonasi.
  5. Chilonzor MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Ts mavze, Qatortol ko‘chasi, 28.
  6. Yunusobod MEDIAPARK bozori: Toshkent sh., Yunusobod tumani, 19-mavze, Yunusota ko‘chasi, 119. Mo‘ljal: sobiq Sayram bozor.
  7. Qo‘qon MEDIAPARK bozori: Qo‘qon sh., Shohruxobod ko‘chasi, 39. Mo‘ljal: Qo’qon savdo markazi.
  8. Qarshi MEDIAPARK bozori: Qarshi sh., Islom Karimov ko‘chasi, 17. Mo‘ljal: sobiq TsUM.
  9. Farg‘ona MEDIAPARK bozori: Farg‘ona sh., Tarona ko‘chasi, 15. Mo‘ljal: Shahar hokimiyati.
  10. Samarqand MEDIAPARK bozori: Samarqand sh., Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 131b. Mo‘ljal: Astor mehmonxonasi.

Reklama huquqi asosida

Top