16:02 / 12.03.2018
19446

Boysunda 32 yoshli erkak turmush o‘rtog‘i va qaynsinglisiga pichoq urdi

Foto: KUN.UZ

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Boysun tumanida 8 mart kuni soat 23.30larda Termiz shahar Dehqon mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1986 yilda tug‘ilgan U.A. mast holda Qo‘shchinor mahallasida yashovchi qaynonasi, 1956 yilda tug‘ilgan G.M.ning uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.A.ning ko‘krak qismiga va ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynsinglisi, 1999 yilda tug‘ilgan S.A.ning ham ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada Sh. va S.A.lar kasalxonaga yotqizilgan. U.A. ushlangan.

Top