13:42 / 12.03.2018
10391
Eronda halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi
Foto: IRNA

Eron hukumati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlari davomida mamlakat g‘arbida halokatga uchragan Turkiya samolyoti qora qutisi topildi. Bu haqda IRNA xabar bermoqda.

Quti keyinchalik surishtiruvdan o‘tkazish maqsadida Turkiya hukumatiga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Kutilishicha, Turkiya vakillari Eronga yaqin soatlar ichida yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Eronda qulagan samolyotda 11 kishi bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Top