16:08 / 12.03.2018
5676

Mask Marsga parvoz amalga oshiriluvchi kemaning ilk sinovi qachon o‘tishini ma'lum qildi

Foto: Susana Gonzalez / Bloomberg

SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask kompaniyaning Marsni zabt etishga mo‘ljallangan kemasining ilk sinov parvozi 2019 yilda bo‘lib o‘tishini mo‘ljallamoqda. Mask bu haqda Texasning Ostin shahridagi texnologiyalar yarmarkasi SXSW’dagi nutqida aytib o‘tdi. Maskning aytishicha, bungacha kema “qisqa parvozlarga tayyor bo‘ladi”. 

“Biz ilk Mars yoki sayyoralararo kemasini qurmoqdamiz. O‘ylashimcha, u keyingi yilning birinchi yarmida qisqa parvozlar amalga oshira oladi”, deb aytgan Mask va ba'zida “biroz oshirib yuborishini” kulib tan olgan. Hozir kompaniyaning vazifasi Qizil sayyoraga 2022 yilgacha yuk missiyasini jo‘natish hisoblanadi. Bu missiyaning yakuniy maqsadi Marsda insonlar koloniyasini joylashtirish uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Kompaniyada taxmin qilinishicha, koinotga uzunligi 48 metrlik va fazogirlar uchun 40 ta kabina bilan jihozlangan sayyoralararo koinot kemasini olib chiqishi kerak bo‘lgan BFR (Big Falcon Rocket) raketa tizimi takroran qo‘llanishga yaroqli bo‘ladi. Hozirda SpaceX’da ushbu raketani yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu raketa-tashuvchi 106 metr uzunlikka, 9 metr diametrga ega bo‘ladi va 150 tonna foydali yukni ko‘tara oladi. 

Mavzuga oid
Top