16:19 / 13.03.2018
10114

Falastin bosh vaziri korteji hujumga uchradi. G‘azoda vaziyat yanada keskinlashishi mumkin

Foto: Reuters

Falastin bosh vaziri Ramiy Hamdallohning korteji yonida portlash yuz berdi, deb xabar qilmoqda Haaretz.

Ta'kidlanishicha, portlash natijasida uchta avtomobil zarar ko‘rgan, biroq bosh vazir jabrlanmadi. Yana bir necha kishi yengil darajada jarohat olgani aytilyapti.

Falastin milliy muxtoriyatida ro‘y bergan voqeada HAMAS harakati aybdor ekanini ma'lum qilishgan.

«Apparatdagilar G‘azoda bosh vazir kortejiga uyushtirilgan qo‘rqoqlarcha hujum uchun HAMASni javobgar sifatida ko‘rmoqda», — deyilgan VAFA axborot agentligi xabarida.

 

2007 yilda hududidagi Falastin muxtoriyati ikkiga ajralgandi. G‘azoda «HAMAS» nazoratni qo‘liga olgan, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida saylovlarda «Fath» harakati g‘olib chiqqan va ular Falastin milliy ma'muriyatini shakllantirishgan. 2013 yilda ma'muriyat raisi Mahmud Abbos hujjatlarda Falastin milliy ma'muriyati o‘rniga «Falastin davlati» nomini qo‘llash haqidagi qarorini imzolagan. Ayni vaqtda Falastinni BMTning 193 a'zosidan 135tasi tan oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu al-Gayt Falastin muammosining hal qilinmagani Yaqin Sharqda IShID kabi ekstremistik tashkilotlar va harakatlar paydo bo‘lishiga muhit yaratishi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top