11:49 / 13.03.2018
42062

Foto: Arda Turan uylandi, Erdo‘g‘an nikoh marosimida guvoh sifatida qatnashdi

«Barselona» futbolchisi, ayni vaqtda ijara asosida «Bashakshehir» klubida to‘p surayotgan Arda Turan qaylig‘i Aslixon Do‘g‘anga uylandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan nikoh marosimida guvoh sifatida ishtirok etishgan. 

Marosim Istanbuldagi Beykoz tumanida ixchamgina o‘tkazilgan va unga faqat oilaning yaqin do‘stlari hamda faxriy mehmonlar taklif etilgan, shahar meri Mavlud Uysal ham to‘y guvohi bo‘lgan.

Arda va Aslixon 2,5 yildan buyon munosabatlarga ega, ular shu yil yanvarida unashtirilgandi.

Mavzuga oid
Top