21:00 / 13.03.2018
9669

Mourino uchun asosiy o‘yin. YeChLda pley-off anonsi

Seshanba oqshomida Chempionlar ligasi nimchorak finalida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi.

«Sevilya» «Liverpul»dan muhimroq

Foto: Reuters

MANCheSTeR YuNAYTeD – SeVILYa
13 mart. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 00.45 (Match TV – 00.35).
Hakam: Makkeli (Gollandiya).
Birinchi o‘yin – 0:0.

Chempionlar ligasining chorak finalida 4 ishtirokchi rasman ma'lum, beshinchi ishtirokchi ham deyarli aniq - «Bavariya» birinchi o‘yinda «Beshiktosh»ni yirik hisobda taslim etgan. Seshanba oqshomida yana ikki ishtirokchi nomi ma'lum bo‘ladi. «Manchester Yunayted» - «Sevilya» o‘yinida yaqqol favorit yo‘q. Ko‘pchilikka Joze Mourinoning pragmatik jamoasi o‘yini yoqib bormoqda, bu o‘yin uslubi jamoaga natija keltirmoqda. Qolaversa, murabbiyni boshqa qarashlar qiziqtirmaydi ham.

«Qizil iblislar» hozirda «pik»da. Angliya chempionatining o‘tgan turlarida «MYu» «Chelsi» va «Liverpul»ni «yer tishlatdi». Hatto mavsumni fantastik ravishda o‘tkazayotgan Muhammad Saloh ham David de Xea darvozasiga yo‘l topolmadi. 

Ispaniyada Vinchentso Montella jamoani yangi bosqichga olib chiqish uchun «Sevilya»ga chaqirilgani haqida gapirishmoqda. Andalusiyaliklar Ispaniya Kubogi finaliga chiqishdi, ammo Chempionlar Ligasi boshqa darajadagi turnir.

Inglizlar qanday kayfiyatda o‘yinga yetib kelgani haqida Mourinoning so‘zlaridan bilib olsa bo‘ladi: «Sevilya» va «Brayton» (Angliya Kubogi chorak finalidagi raqib) bilan o‘yinlar «Liverpul» bilan o‘yindan ko‘ra muhimroq o‘yinlardir. Ha, bu turnir jadvalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibimiz edi, ammo bizda hali 8 o‘yin va 24 ochko jamg‘arish imkoniyati mavjud. Bu yerda esa yoki yashab qolasan, yoki halok bo‘lasan. Agar biz «Sevilya»ga yutqazsak, barcha oxirgi haftalardagi natijalarimizni unutadi».

Djyeko kuchga to‘lmoqda

Foto: Reuters

ROMA – ShAXTYoR
13 mart. Rim. Olimpiya stadioni. 00.45 (Match Futbol 1 – 00.30).
Hakam: Undiano Malenko (Ispaniya).
Birinchi o‘yin – 1:2.

«Roma» va «Shaxtyor» o‘yinini intrigaliroq deb hisoblash ham mumkin. Paulu Fonseki jamoasi ikki oylik qishki tanaffus tufayli bahorgi mavsumga tayyor bo‘lmasligi ham mumkin edi, ammo «konchilar» Chempionlar ligasida a'lo darajada o‘yin ko‘rsatishmoqda, Ukraina chempionatidagi 4 o‘yinda ham yirik hisoblardagi g‘alabalar qayd etildi, Marlos va Ferreyra juftligi bahorgi o‘yinlarda 11 gol urishdi. Rimliklar ham javob o‘yiniga yuqori darajada tayyorlanishmoqda. «Bo‘rilar» «Napoli» ustidan ajoyib g‘alaba ustiga «Torino»ga qarshi o‘yinda ham osonlik bilan g‘alaba qozondi, Djyeko yo‘qligida ham bu ikki o‘yinda rimliklar 7ta gol urishdi. Jarohatidan tuzalgan bosniyalik futbolchi YeChL o‘yiniga tayyor. Endi uning bir aniq zarbasi ham «Roma» uchun yetarli bo‘lishi mumkin, safar o‘yinida Jyengiz urgan javob goli Euzebio Di Franchesko jamoasi uy o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, maqsadga erishishi uchun imkoniyat qoldirgan. 

Shu tufayli murabbiy oldindagi o‘yinda balansni saqlashning muhimligiga e'tibor qaratib, shogirdlari bu ko‘rsatmani bajarishiga umid bildirmoqda. Ammo «Shaxtyor» Ukraina jamoasi bo‘lsada, asosan brazilcha jamoadir.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top