8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

18:20 / 13.03.2018 6173

Tramp MRBning yangi rahbarini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasining yangi rahbari sifatida Jina Hespelni tanishtirdi. Bu haqda prezident o‘z tvitterida yozgan.

Shu vaqtgacha MRB rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Hespel endilikda Markaziy razvedka boshqarmasiga rahbar bo‘lgan ilk ayolga aylandi.

Foto: Jina Hespel / The OSS Society/youtube.com

«MRBning yangi direktori Jina Hespel, u bu lavozimdagi ilk ayol. Barchani tabriklayman!» — deya ma'lum qilgan Tramp.

Bundan avvalroq MRB rahbari Mayk Pompeo Tramp tomonidan ishdan bo‘shatilgan Reks Tillerson o‘rniga yangi davlat kotibi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top