15:59 / 13.03.2018
7517

Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 9 martda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007 yil 17 dekabrdagi 107 va 2007-64-son qarori (ro‘yxat raqami 1750, 2007 yil 17 dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 50-51-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidan «notarial tasdiqlangan» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Top