16:15 / 13.03.2018
24577

Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: AP

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va byudjyetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009 yil 10 fevraldagi 21, 2009-10-son qarori (ro‘yxat raqami 1909, 2009 yil 24 fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va byudjyetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va byudjyetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir».

2. 3-banddan «solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

3. Ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etiladi:

 

Top