17:37 / 13.03.2018
24935

Tolyattida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida fojia. 2 shaxs halok bo‘ldi, bir nafari qo‘lga olindi

Foto: Fotolia

Rossiyaning Tolyatti shahridagi Lunacharskiy bulvarida joylashgan 8-uydagi kvartiralardan birida 8 mart munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturxoni fojia bilan tugadi. U yerda O‘zbekistonning 2 fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir nafari jarohat oldi, keyinchalik u qo‘lga olindi.

"KP-Samara" xabariga ko‘ra, hammasi oddiy bayram dasturxonidan boshlangan bo‘lib, o‘zbekistonlik ikki erkak va bir ayol ishtirokida yuz bergan. Tergov versiyasiga ko‘ra, bayram paytida janjal yuz bergan hamda 32 yoshli K. pichoq bilan o‘zining 26 yoshli tanishi B.ning oyog‘iga zarba bergan, u voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng 29 yoshli X., huquqni muhofaza qilish xodimlarining aniqlashicha, rashk tufayli – vilkani olgan va K.ga qator zarbalar bergan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi kelgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasida ushbu holat bo‘yicha “Qotillik” moddasi bilan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Omon qolgan shaxs qo‘lga olindi. Ayni damda jinoyat tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top