08:29 / 13.03.2018
4771

Tramp Eronga qarshi sanksiyalar amal qilish muddatini uzaytirdi

Foto REUTERS/Yuri Gripas

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh prezidentining 1995, 2010 va 2012-2013 yillardagi farmonlari bilan Eronga qarshi kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini uzaytirdi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.

Sanktsiyalar 2018 yil 15 martdan boshlab bir yilga uzaytirildi. Sanktsiyalar uzaytirilishiga sabab sifatida Eron hukumatining xatti-harakatlari va siyosati, jumladan ballistik raketalar ishlab chiqilishi, xalqaro terrorchilik qo‘llab-quvvatlanishi va inson huquqlari buzilishi aytilgan.

Shu bilan birga Eronga qarshi kiritilgan sanksiyalarning yadroviy dastur bo‘yicha qisman bekor qilinishi amal qilishi davom etmoqda. Tramp yanvarda Erondan sanksiyalar olinishi muddati uzaytirilishini, biroq bu uzaytirish oxirgisi bo‘lishini aytgan.

Mavzuga oid
Top